AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etishni to‘xtatib turishga qaror qildi. Bu haqda Washington Post nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Tramp 15-aprel, yakshanba kuni kechki payt milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari bilan muloqotda bo‘lgan va sanksiyalar rasman e’lon qilinganidan ranjiganini bildirgan. Ularni joriy etish masalasida ishonchi komil emasligini ta’kidlagan”, — deyiladi gazeta xabarida.
AQShning BMTdagi vakili Nikki Xeyli shu kuni Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar 16-aprel, dushanbada e’lon qilinishi, ular Suriyaga kimyoviy qurol ishlab chiqarishda ko‘mak bergan texnologiyalarni yetkazib bergan kompaniyalarga taalluqli bo‘lishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)