Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Angela Merkel bilan bo‘lgan telefon so‘zlashuvi chog‘ida ma’lum qilishicha, g‘arb mamlakatlari guruhi tomonidan Suriyaga qarshi uyushtirilgan tajovuz xalqaro huquq normalarini qo‘pol tarzda buzdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Suhbat chog‘ida Suriya va uning atrofidagi holat batafsil muhokama qilingan. Putinning ta’kidlashicha, tajovuz BMT ustavini buzgan, Suriya inqirozidan keyin kechayotgan tinchlik jarayonlariga jiddiy zarar yetkazgan.
Putin va Merkel Suriyada bo‘lib turgan Kimyoviy qurollarni taqiqlash bo‘yicha tashkilotning missiyasi chuqur va obyektiv tekshiruv o‘tkazishi kerakligiga urg‘u bergan.
Ikki tomon ham Suriya ishi bo‘yicha siyosiy-diplomatik muzokaralarni qayta tiklashga tayyor ekanligini bildirgan.
Izoh (0)