Namangan shahrida “Do‘stlik”, “Sihatgoh”, “Go‘zal”, “Mehnatobod” mahallalari hududida yangi zamonaviy jamoatchilik nazorat maskanlari qurib bitkazildi. Bu kabi maskanlar shaharning 15 mahallasida faoliyat boshladi, deya “Daryo”ga xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.
Nazorat maskanlari zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lib, posbonlar va fuqarolar uchun barcha sharoitlar yartilgan, hudud doimiy ravishda kuzatuv kameralari nazorati ostida.
Namangan shahar IIB tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur jamoatchilik nazorat maskanlarida xizmat olib boruvchi barcha posbonlar oylik maoshga ega bo‘ladi. Yonma-yonma joylashgan tardbirkorlik subyektlaridan tushadigan daromad evaziga har bir mahallada kamida 5 kishi ish bilan ta’minlanadi.
Dastlabki bosqichda 35 mahallada jamoatchilik nazorat maskanlarining yangi mexanizmi ish boshlaydi. Ayni vaqtda faoliyat olib borayotgan 67 ta mahalladagi jamoatchilik nazorat maskanlarida xuddi shunday faoliyat yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)