Qozog‘istonlik Svetlana Moiseyeva “Yerostigaz” kompaniyasi aksiyalarining 25 foizini sotib oldi. Bu haqda “Toshkent” Respublika fond birjasiga tayanib, Spot xabar berdi.
Savdo 2 va 13-aprel kunlari birjadan tashqari savdolar yo‘li bilan amalga oshirilgan. Mosiyeva aksionerlik jamiyatiga qarashli 170924 ta aksiya egasiga aylangan.
“Yerostigaz” Angrenda joylashgan korxona bo‘lib, ko‘mirni yer ostida gazga aylantirish bo‘yicha dunyodagi yagona tijoriy kompaniya hisoblanadi.
1961-yilda asos solingan kompaniyani 2007-yilda Avstraliyaning Linc Energy kompaniyasi sotib olgan. U kuniga bir million kub metr sintezlangan gaz qazib olish bilan shug‘ullangan.
Jiddiy muammolarga uchragan Linc Energy 2016-yilda tugatilgan.
Izoh (0)