Prezident Donald Tramp 2020-yilning noyabrida davlat rahbarini qayta saylash bo‘yicha kampaniyaga allaqachon 28 million dollardan ortiq mablag‘ to‘pladi. Bu haqda 15-aprel kuni saylov fondiga mablag‘ to‘plash bo‘yicha prezident qo‘mitasining vakillari ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Tarqatilgan bayonotda ta’kidlanishicha, joriy yilning birinchi kvartalida fondga jami 10 million dollar summaga teng xayriya mablag‘lari kelib tushgan. Bundan tashqari, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, qo‘mita hisoblarida 22 million dollar qolgan. Biroq ayni shu kvartalda turli xarajatlar 3,9 million dollarni tashkil etgan.
Tramp 2017-yilning 20-yanvarida prezidentlik lavozimini bajarishga kirishgan kunning o‘zidayoq Federal saylov komissiyasiga qayta saylanish uchun hujjatlar topshirgan. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, ungacha hali hech kim bunday yo‘l tutmagan.
Izoh (0)