Samsung Securities tasodifan xodimlariga kompaniyaning 105 milliard dollarlik aksiyalarini tarqatib yubordi, deb xabar beradi “VC.ru”.
Kompaniya 6-aprel kuni 2018 nafar xodimga bir aksiya uchun ming vondan (0,94 $) dividend berishni rejalashtirgan edi.
Biroq Samsung Securities’ning ishchilaridan biri adashib ketdi hamda xodimlar ming vonning o‘rniga mingtadan aksiya oldi.
Kompaniya hammasi bo‘lib 111,8 trillion von (104,8 milliadr dollar) qiymatidagi 2,8 milliard dona aksiya chiqargan. Ushbu aksiyalar kompaniyaning hozirda mavjud bo‘lgan aksiyalaridan 30 barobar ko‘proq deganidir.
Aksiyalarni qabul qilgan 16 nafar xodim ularni olganidan bir necha daqiqa o‘tganidan so‘ng, 5 millionga yaqin qimmatbaho qog‘ozlarni 186,9 million dollarga sotgan.
Samsung kompaniyasi esa chiqarilgan aksiyalarni xodimlar tomonidan sotilishini bloklashiga 37 daqiqa talab etilgan.
Hozirgi vaqtda xatolikka yo‘l qo‘ygan ishchi va 16 nafar “aksiya egasi” ishdan chetlatilgan.
Izoh (0)