Aurora Station nomli kosmik mehmonxona 2022-yilda ochiladi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Derazalaridan Yer sayyorasi manzarasi ko‘rinib turadigan mehmonxonani Kaliforniyaning Orion Span firmasi qurmoqda.
Kosmik mehmonxona 6 kishi — to‘rt mehmon va ikki ekipaj a’zosi uchun mo‘ljallangan. Orbitada 12 kun qolish 9,5 million dollarga tushadi. Bu pul evaziga stansiya mehmonlari vaznsizlik holatini o‘ziga his qilishi, Yerni turli rakurslardan tomosha qilishi va bir Yer sutkasi davomida 16 ta tongotar va kunbotar paytlarini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Aurora Station kichik xususiy samolyot kattaligida bo‘lib, uzunligi 13 metr, eni 4 metrga teng bo‘ladi. Biroq dastlabki o‘lchamlar o‘zgarishi mumkin.
Izoh (0)