Qozog‘istonning Olmaota viloyati markazi Toldiqo‘rg‘on shahrida o‘zbek qishloq xo‘jalik texnikasini yig‘ish bo‘yicha sex ochilishi mumkin. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.
Viloyat hokimi Amandik Batalovning O‘zbekistonda o‘tkazilgan Jetisu madaniyati kunlari doirasida bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonov va “O‘zagrotexmash” XK boshqaruvi raisi Murod Karimov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Batalov o‘zbek tomoniga “Toldiqo‘rg‘on” industrial zonasida sex tashkil etishni taklif qildi.
Mintaqa vakillari Toshkentda xolding tomonidan chiqariladigan agrotexnika bilan tanishdi. Olmaota viloyatining agrar sohaga ixtisoslashganini inobatga olib, o‘zbekistonlik tadbirkorlar qishloq xo‘jaligida foydalanilishi mumkin bo‘lgan traktor texnikasini namoyish etdi.
Izoh (0)