Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida 11-aprel kuni soat 3:40 atrofida “Yoshlik” mahallasida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan D. Sotvoldiyev mast holda uyida janjal ko‘tardi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U mojaro oqibatida turmush o‘rtog‘i, 1990-yilda tug‘ilgan D. Ortiqovaning bo‘yin, qorin va ko‘krak qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazdi.
D. Ortiqova kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumdi. D. Sotvoldiyev qo‘lga olindi.
Izoh (0)