Qozog‘iston Respublikasi davlat chegarasining “Jetisu” chegara posti hududida Qozog‘iston va Rossiya chegarasini rasmiy o‘tish punktlaridan tashqarida kesib o‘tmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. Bu haqda Pavlodar viloyat sudi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ayol davlat chegarasi chizig‘idan 80 metr masofada, chegara hududida noqonuniy ravishda bo‘lib, Qozog‘iston va Rossiya chegarasini rasmiy o‘tish punktlaridan tashqarida kesib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Ayol ushlanganda fuqaro T. aybini tan oluvchi ko‘rsatmalar bergan. Uning aybi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va ma’muriy ishning boshqa hujjatlarida qayd etilgan faktik ma’lumotlar bilan ham tasdiqlangan.
Ishni ko‘rib chiqqan Uspenskiy tuman sudi uni Qozog‘iston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 514-moddasi 1-qismi (chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Qozog‘iston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish) bo‘yicha aybdor deb topib, 9 sutkalik qamoq jazosini tayinlagan.
Izoh (0)