Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan 9-apreldan 2-mayga qadar poytaxt tumanlarida fuqarolarning muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan sayyor qabullar hamda tarbiyasi og‘ir voyaga yetmagan shaxslar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Mazkur tadbirlarda Toshkent shahar IIBB, Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi, har bir tumandagi mutasaddi idora rahbarlari, tajribali psixologlar ishtirok etadi.
Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan fuqarolar yechimini topmagan masalalari yoki tarbiyasi og‘ir voyaga yetmagan shaxslar bilan bog‘liq muammolari yuzasidan sayyor qabul va uchrashuvlarda ishtirok etishi mumkin.
Izoh (0)