Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 6-aprel kuni qotillik jinoyati yuz berdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Xabar berishlaricha, 6-aprel kuni soat 03:00 larda Nurafshon mahallasida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan yigit mast holda uyga kelgan.
“U o‘zaro janjal oqibatida birga yashagan rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘i, 1989-yilda tug‘ilgan ayolni tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan. Natijada ayol voqea joyida vafot etgan”, — deyiladi boshqarma axborotida.
Xabar berishlaricha, hozirgi vaqtda gumonlanuvchi yigit qo‘lga olingan.
Izoh (0)