• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘ona viloyati prokuraturasi: Tanasidan ignalar topilgan toshloqlik chaqaloq bo‘yicha jinoyat ishi yopildi

    Bundan bir necha oy muqaddam toshloqlik 11 oylik chaqaloqning tanasidan ko‘plab ignalar topilgan, joriy yil 14-mart kuni esa kichkintoy sog‘ayib, uyiga qaytgandi. “Xabar.uz” nashri Azizbek Abdumajidovning ishi bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni bilish uchun Farg‘ona viloyati prokuraturasiga rasman murojaat qildi.

    Foto: “O‘zbekiston 24”

    Foto: “O‘zbekiston 24”

    Prokuraturadan quyidagicha javob olindi:

    “Farg‘ona viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan 2017-yil 11- fevralda tug‘ilgan A.Abdumajidovning ichki a’zolaridan ko‘plab ignalar topilgani yuzasidan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi ‘v’ bandi bilan bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borildi.Aniqlanishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona viloyat filiali tomonidan A.Abdumajidov qabul qilinib, 2018-yil 15-yanvarda o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvda uning ichki a’zolari turli joylarida ko‘plab ignalar borligi aniqlanib, zudlik bilan Respublika ilmiy markazi jarrohlik bo‘limiga yuborilgan va markazning jarrohlik bo‘limi tomonidan A.Abdumajidovning ichki a’zolaridan jami 11 dona po‘lat igna va sim bo‘lagi chiqarib olinib, qolgan 3 dona ignalar olinmagan.

    Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, jarrohlik operatsiyasida A.Abdumajidovning qorin bo‘shlig‘i va uning atrofida joylashgan ichki a’zolaridan jami 10 dona igna hamda to‘g‘ri ichak va siydik qopi orasidan 1 dona sim bo‘lagi olib tashlangani, ignalarni xarakteri va xususiyatlariga ko‘ra, og‘iz orqali qizilo‘ngachdan so‘ng oshqozon bo‘shlig‘iga tushib, tananing harakati, muskullarning qisqarishi, qizilo‘ngach, oshqozon ichaklar peristaltikasi oqibatida migratsiya bo‘lib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkinligi, chaqaloqning chap bo‘yin va chap yonbosh sohalarida aniqlangan ignalar tashqi kuch ta’siri ostida tanaga kiritilgan bo‘lishi mumkinligi, mazkur aniqlangan jarohatlar hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikastlar toifasiga kirishi qayd etilgan.

    Jinoyat ishi bo‘yicha so‘roq qilingan Sh.B.ning aytishicha, 2017-yil noyabr oyining o‘rtalarida farzandi A.Abdumajidov kasal bo‘lgani uchun shifoxonada davolanib chiqqan. Dekabr oyida farzandining chap chov, orqa bel va bo‘yin sohalarida shishlar paydo bo‘lgan, shifokor maslahati bilan shishgan joylarga maz surtgan, farzandi isitmalashni boshlagandan so‘ng, shifoxonaga olib borganida uning ichki a’zolarida ignalar borligi aniqlangan. Keyin Toshkent shahriga yuborilgan farzandi shifoxonada davolangan, farzandiga biron-bir shaxs tomonidan igna yuttirilmagan, balki uning o‘zi ignalarni yutib yuborgan bo‘lishi mumkin.

    Ma’lum bo‘lishicha, onasi do‘ppi tikish bilan shug‘ullangan, havo harorati sovuq bo‘lgani bois oila a’zolari barchasi bitta xonada yashab kelishgan. Onasi X.B. 2017-yil noyabr oylarining boshlarida mahallasida joylashgan bozordan sotib olgan ignalari yo‘qolib qolgan, ushbu ignalar o‘ralgan holda bo‘lgan va farzandi ularni o‘ralgan holda yutib yuborgan bo‘lishi mumkin. Chunki go‘dak so‘nggi vaqtlarda qo‘liga kirgan buyum va narsalarni og‘ziga solishga o‘rganib qolgan. Ona farzandining ko‘k yengli futbolkasidan aniqlangan qon dog‘i uning yonboshiga ukol qilinganidan so‘ng u yerdan chiqqan qon dog‘lari ham bo‘lishi mumkinligi, farzandini ichki a’zolarida ignalar topilgani holati bo‘yicha biron-bir shaxsdan gumoni yo‘qligini bildirgan.

    Jinoyat ishi bo‘yicha so‘roq qilingan X.B. tirikchilik uchun ayollar do‘ppisini tikishini, 2017-yil noyabr oyi boshlarida Navbahor qishlog‘ida joylashgan bozordan 6000 so‘mga bir to‘plam igna va sovun sotib olganini aytgan. Keyin ushbu ignalarni qo‘ygan joyidan, ya’ni yashash xonasi tokchasidan topa olmayotganini, havo sovuq bo‘lgani sababli qizi, nabirasi va turmush o‘rtog‘i bilan bitta xonada yashayotganini, nevarasi o‘zi ignalarni yutib yuborgan bo‘lishi mumkinligini, chunki nevarasi qo‘liga kirgan buyumni og‘ziga solishini bildirgan.

    Jinoyat ishi bo‘yicha so‘roq qilingan Marg‘ilon shahar bolalar shifoxonasi jarrohi D.Mallaxanov o‘z ko‘rsatmasida 2017-yil dekabr oyida A.Abdumajidovni qabul qilib, uning tanasidagi shishlar bo‘yicha maz surtishni tavsiya qilgani, lekin tanada jarohat izlari yoki jarohatdan qolgan asoratlar bo‘lmagani, tashqi kuch ta’sirida ignalar tanaga kiritilgan taqdirda jarohat izlari qolishini bildirgan.

    Jinoyat ishi bo‘yicha so‘roq qilingan Toshloq tumani markaziy shifoxonasi bolalar bo‘limi shifokori X.Hoshimova o‘z ko‘rsatmasida aytishicha, 2017-yil 18-noyabr kuni soat 19:45 larda Toshloq tumani tibbiyot birlashmasi qabulxona bo‘limiga Toshloq tumani, Nayman QFY, Istiqlol ko‘chasida yashovchi, 11.02.2017-yilda tug‘ilgan Abdumajidov Azizbek olib kelingan.

    Shundan so‘ng navbatchi vrach bo‘lgani uchun uni ko‘rikdan o‘tkazib, unga “o‘tkir laringotraxeit, gipertermik sindrom, birinchi darajali hiqildoq stenozi” tashxisini qo‘ygan. Bolaning ahvoli og‘ir bo‘lib, 2 kundan buyon tana harorati ko‘tarilib turgan, ovozi bo‘g‘ilib yo‘talgan, og‘iz qismidan nafas olishi qiyinlashgan. Bolaning tomog‘ini shpatel yordamida ko‘rganida, limfa tugunlari kattalashmagan, tomog‘ida qizarish bo‘lmagan, o‘tkir laringotraxeit, ya’ni o‘pka nafas yo‘llarining shamollashi tashxisini qo‘ygan. Bolaning tomoq qismida o‘zgarishlar sezmagan. Bola shifoxonada 25-noyabr kuniga qadar davolanib, so‘ngra uyga ruxsat berilgan. Uni yechintirib, badanini ko‘zdan kechirgan, biroq tanasida jarohat izlari yoki jarohatdan qolgan asoratlar bo‘lmagan.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Jinoyat ishi bo‘yicha voyaga yetmagan A.Abdumajidov bilan birga istiqomat qilib kelgan onasi Sh.B., buvilari X.B., U.Q., opoqilari M.B. va A.X., tog‘asi S.U., xolasi Z.U., kelinoyisi J.U.ning ruhiy holatini tekshirish yuzasidan o‘tkazilgan sud-psixiatriya ekspertizasi xulosalariga ko‘ra, ular ruhiy sog‘lom bo‘lib chiqqan.

    Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida voyaga yetmagan A.Abdumajidovning ichki organlaridan ignalar topilgani holatida qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish yoxud boshqa biron-bir jinoyat tarkibi aniqlanmaganini inobatga olib, 2018-yil 31-mart kuni jinoyat ishi bo‘yicha JPKning 83-moddasi 2-qismiga asosan harakatdan tugatish haqida qaror qabul qilingan”.

    08.04.2018, 09:00   Izoh (0)   203822
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda nodavlat bog‘chalarni qurish uchun yer uchastkalari tekinga beriladi

    08.04.2018, 08:29

    Xonobodda “O‘zbegim” savdo va ko‘ngilochar markazi foydalanishga topshirildi

    07.04.2018, 23:12

    Foto: Buxoroning chiqindilarga to‘la Qir tepaligi

    07.04.2018, 22:53

    O‘rtachirchiqda 23 yoshli mast yigit 29 yashar nikohsiz turmush o‘rtog‘ini urib o‘ldirdi

    07.04.2018, 22:11

    Finlyandiyada O‘zbekistonning 500 dan ortiq fuqarosi istiqomat qilmoqda

    07.04.2018, 21:31

    Qibrayda 7 mingta futbolka o‘g‘irlagan shaxs tikuv sexini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

    07.04.2018, 20:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.