Finlyandiyada 2017-yil 31-dekabr holatiga O‘zbekistonning 500 nafardan ortiq fuqarosi istiqomat qilmoqda. Bu haqda mamlakat statistika muassasasi vakili Yoni Rantakari ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
Shuningdek, Finlyandiyada Qozog‘istonning 369, Turkmanistonning 21 va Tojikistonning 19 nafar fuqarosi yashayotganligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev finlyandiyalik hamkasbi Sauli Niinistyoga mamlakat prezidenti etib qayta saylangani munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ikki davlat o‘zaro hamkorlik, turli sohalarda aniq dastur va loyihalarni ilgari surish uchun keng imkoniyat va salohiyatga ega ekanligini ta’kidlagan edi.
Izoh (0)