AQShning AH-64E Apache harbiy vertolyoti Kentukki shtatidagi Fort-Kempbell bazasi yaqinida quladi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Hodisa 6-aprel, juma kuni kechki payt sodir bo‘ldi. Uning oqibatida vertolyot bortida bo‘lgan ikki harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
Havo kemasi mashg‘ulot parvozini amalga oshirgani bildirilmoqda. Halokat sabablari ma’lum emas, tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)