Ayni damda Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasiga qarshi janglar olib bormoqda. Bugun 10 ta jang o‘tkazilishi belgilangan.
75 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Uzbek Tigers a’zosi Isroil Madrimov venusuelalik Keybar Gonsalesga qarshi ringga chiqdi. Isroil Madrimov hakamni ikki bor hisobni ochishga majbur qildi va katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Hakamlar bir ovozdan 3:0 (50:45, 50:43, 50:41) hisobida Isroilning g‘alabasini qayd etdi.
Bundan avval Nodir Mirzaahmedov, Shahobiddin Zoirov hamda Aliyor Noraliyev ham o‘z jangini g‘alaba bilan yakunlagan edi.
Shu tariqa hisob Uzbek Tigers foydasiga 4:0.
Oldindagi yana 6 ta jang bor:
C1 guruhi
91 kg: Sanjar Tursunov – Bello Dias
C2 guruhi
Janglar soat 22:00 da boshlanadi
52 kg: Jasur Latipov — Xesus Roxas
60 kg: Shunqor Abdurasulov — Luis Kabrera
69 kg: Mahmud G‘oipov — Gabriel Maestre
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Nalek Korbaj
+91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes
Izoh (0)