Ayni damda Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasiga qarshi janglar olib bormoqda. Bugun 10 ta jang o‘tkazilishi belgilangan.
Ikkinchi jang ham o‘z nihoyasiga yetdi. 56 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Uzbek Tigers a’zosi Shahobiddin Zoirov venusuelalik raqibi Yoel Finolni mag‘lub etdi. Zoirov hakamlarning qaroriga ko‘ra 3:0 (49:46, 49:46, 48:47) g‘alaba qozondi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Biroz avval birinchi jang yakunlanib unda Uzbek Tigers a’zosi Nodir Mirzaahmedov ham raqibidan ustun kelgan edi.
Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 1:0. Nodir Mirzaahmedov raqibini qoshini yorib, muddatidan avval g‘alaba qozondi
Oldindagi yana 8 ta jang bor:C1 guruhi
64 kg: Aliyor Noraliyev – Kristian Palasio
75 kg: Isroil Madrimov – Keybar Gonsales
91 kg: Sanjar Tursunov – Bello Dias
C2 guruhi
Janglar soat 22:00 da boshlanadi
52 kg: Jasur Latipov — Xesus Roxas
60 kg: Shunqor Abdurasulov — Luis Kabrera
69 kg: Mahmud G‘oipov — Gabriel Maestre
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Nalek Korbaj
+91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes
Izoh (0)