“Marvarid” bolalar studiyasi Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘tkazilgan “Zajgi svoyu zvezdu” XIX Xalqaro o‘smirlar va bolalar ijodi xalqaro festivalida O‘zbekiston sharafini himoya qildi. Bu haqda bolalar studiyasining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
O‘n to‘qqizinchi bor tashkil etilgan bu festival 1999-yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinadi. Unda ishtirok etgan “Marvarid” bolalar studiyasi bir qator yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib qaytgan.
Ular, vokal, xoreografiya, “Bastakorlar bolalarga” kabi nominatsiyalarda faxrli o‘rinlarni egallagan.
Izoh (0)