AQSh prezidenti Donald Tramp Oq Uyning bosh shifokori Ronni Jeksonni urush faxriylari ishlari bo‘yicha vazir lavozimiga tayinlamoqchi. Bu haqda prezident Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Tibbiyot fanlari doktori, hurmatli admiral Ronni Jeksonni veteranlar ishlari bo‘yicha yangi vazir etib tayinlamoqchi ekanligimni xabar berishdan xursandman. Hozirgi paytda mazkur lavozimni vaqtincha bajaruvchi mudofaa vazirligidan Robert Uilki bo‘ladi. Mamlakatimiz va buyuk veteranlarimizga xizmatlari uchun Devid Shulkindan minnatdorman!” — deb yozdi Tramp.
Endi vazir lavozimiga Jeksonning nomzodini AQSh Senati tasdiqlashi lozim.
Avvalroq Tramp veteranlar ishlari bo‘yicha vazirni ishdan bo‘shatmoqchi ekanligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)