Toshkent axborot texnologiyalari universiteti binosi oldida sakura daraxti gulladi. Bu haqda “Infocom.uz” nashrining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, bugun 27-mart kuni Yaponiyada sakura gullashi bayrami nishonlanadi.
Toshkent shahrining yana sakkizta hududida Yaponiyada e’zozlanuvchi sakura daraxtini uchratish mumkin:
- Yapon bog‘ida
- Eko parkda
- Mustaqillik maydonida
- Yapon elchixonasi hududidagi maydonda
- Navoiy teatri ro‘parasida
- Hasti Imom masjidida
- Kurant xiyobonida
- Bobur xiyobonida
Izoh (0)