Elyor Toshpo‘latov hukumat qaroriga muvofiq Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi Prezidentning 2018-yil 23-fevraldagi qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi respublikada xorijiy texnologiya asosida mahalliy kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish, hosildorligi yuqori bo‘lgan kartoshka ko‘chatlarini yetishtirishni tashkil etish hisoblanadi.
Shuningdek, tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib Qo‘rg‘ontepa, Kitob, Shahrisabz, Yangiqo‘rg‘on, Bulung‘ur, Zomin, Baxmal, Bo‘stonliq tumanlari urug‘likka mo‘ljallangan kartoshkani yetishtirishga ixtisoslashtirilgan tumanlar etib belgilangandi.
Izoh (0)