Skripal ishi munosabati bilan Buyuk Britaniyaga xayrixohlik ifodasi o‘laroq Yevroittifoqning 28 a’zo davlatidan 14 nafari rossiyalik diplomatlarni o‘z hududidan chiqarib yuboradi. Bu haqda Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Bugunning o‘zidayoq Yevroittifoqning 14 davlati rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishga qaror qildi”, — deb yozdi siyosatchi 26-mart kuni.
Turli axborot agentliklarining ma’lum qilishicha, bu mamlakatlar ichida Finlyandiya, Ruminiya, Estoniya, Latviya va boshqalar bor.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh 48 nafar, Kanada to‘rt nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborishi ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)