• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Mavsum boshlanishiga 3 kun qolganda, Pro-Liga formati o‘zgardi

    O‘zbekiston professional futbol ligasi nufuzi jihatdan Superligadan keyingi o‘rinda turuvchi Pro-Liga formatini o‘zgartirdi. Bu haqdagi qaror O‘FA Ijroiya qo‘mitasi Byurosi tomonidan qabul qilindi, deb xabar berildi PFL rasmiy saytida.

    Foto: PFL

    Foto: PFL

    Bungacha Pro-Ligada 16 ta jamoa ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan bo‘lib, musobaqa 25-mart kuni start olishi rejalashtirilgandi. Biroq xabarda qayd etilishicha,PFLga shundan keyin ham bir qator klublar murojaat bilan chiqishda davom etgan. Ijroqo‘m a’zolari esa mamlakat futbolining rivoji yo‘lida takliflarga ijobiy javob qaytarishga qaror qilgan.

    Bu borada PFL o‘zgarishlar haqida va uning sabablari to‘g‘risida tushuntirishlar bergan. “Daryo” esa xabarni to‘liqligicha qayta chop etib, e’tiboringizga havola qiladi.

    Nega shunday bo‘ldi?

    Buning bir qator sabablari bor. Shulardan birinchisi futbolga o‘z sarmoyasini kiritishni niyat qilgan xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashdir. To‘g‘ri, ayni holatda ular birdaniga superklubga asos solishi qiyin. Biroq O‘FA futbolni rivojlantirishning muhim faktorlaridan biri bo‘lgan klublarni xususiylashtirish masalasini bir chetda qoldira olmaydi. Ya’ni, xususiy klublarga bosqichma-bosqich rivojlanib borish uchun imkoniyat beradi.

    Ikkinchidan, Superliga jamoalari soni 12 taga qisqartirildi. Bu bilan elitada to‘p suradigan futbolchilarning umumiy soni ham kamaydi. Natijada Superligada to‘p surish istagida bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida raqobat oshdi. Endi esa raqobatda yutqazib qo‘ygan futbolchilar qo‘nim topishi mumkin bo‘lgan obyektlarga ehtiyoj bor. Pro-Liga esa bu borada yuqoridagi kabi futbolchilarga imkoniyat taqdim etishi mumkin.

    Uchinchidan, futbol hamisha muxlislar uchun o‘ynaladi. Shuningdek, Pro-Ligada ishtirok etish istagida bo‘lgan ba’zi klublar muxlislaridan O‘FAga doimiy ravishda murojaatlar kelib tushadi. Bu esa ma’lum shahar yoki tuman rahbariyatini harakatga keltirib, ularda ham futbol rivojiga hissa qo‘shish fikri paydo bo‘ladi.

    Jamoalar soni nechta bo‘ladi?

    Superligaga yo‘llanma beruvchi ligada farm-klublarning to‘p surishi mantiqqa to‘g‘ri kelmasdi. Shu holat hamda klublarning o‘z iltimoslari inobatga olinib, “Bunyodkor” va “Paxtakor” farm-klublari Pro-Ligadan o‘chirildi. Aksincha, yaxshi niyat bilan katta futbolga qadam qo‘yish niyatida bo‘lgan “Xotira-79”, “Nurafshon-S”, “Labsa”, “Sherdor” kabi klublar turnirga qo‘shildi. Natijada Pro-Liga jamoalari soni 18 taga yetdi.

    Klublar reytingi

    Pro-Liga klublarini musobaqaga qo‘yish oldidan PFL komissiyasi ishtirokchi jamoalar infratuzilmasi bilan tanishib chiqqan. Ularning oldiga tashkilot tomonidan qo‘yilgan talablarga ayrim klublar javob beradi, ba’zilariga esa vaqt kerak. O‘z-o‘zidan o‘sha klublarnigina olib qolib, qolganlarga javob berib yuborish — yuqorida sanab o‘tilgan faktorlarga to‘g‘ri kelmaydi. Shu bilan birgalikda PFL ham o‘z talablarida qat’iy turishni ma’qul ko‘rdi hamda Pro-Liga istagida bo‘lgan klublarning bugungi kundagi holatidan kelib chiqib, ularni ikki zonaga ajratdi. Ya’ni, oldinga intilayotgan klublarga ham imkoniyat berildi:

    PRO A

    • “Andijon” (Andijon)
    • “Dinamo” (Samarqand)
    • “Istiqlol” (Farg‘ona)
    • “Mash’al” (Qashqadaryo)
    • “Orol” (Qoraqalpog‘iston)
    • “Surxon” (Surxondaryo)
    • “Sho‘rtan” (Qashqadaryo)
    • “Xorazm” (Xorazm)
    • “Norin” (Namangan)
    PRO B
    • “Iftixor” (Yoshlar ittifoqi jamoasi)
    • “Yozyovon” (Farg‘ona)
    • “Zomin” (Jizzax)
    • “Labsa” (Buxoro)
    • “Lokomotiv-BFK” (Toshkent)
    • “Nurafshon” (Toshkent viloyati)
    • “G‘ijduvon” (Buxoro)
    • “Sherdor” (Samarqand)
    • “Xotira-79” (Namangan)
    PFL jamoalarni bu guruhga ajratishda ulardagi moddiy-texnik baza masalasini birinchi planga qo‘ydi. Reytingga ko‘ra saralangan 9 ta jamoa ajratib olingani bilan, Superliga uchun nazariy jihatdan Pro B jamoalarda ham imkoniyat bo‘ladi. Biroq bunda asosiy maqsad Pro-Ligada yetakchi bo‘lishgina emas, balki infratuzilmani talab darajasiga olib chiqish ham bo‘lishi shart. Chunki Superliganing talablari yuqori ekani barchaga ma’lum.

    Vaziyatni yaxshilash uchun PFL 2020-yilgacha bo‘lgan kichik dastur ishlab chiqadi va klublarni yilning to‘rt choragida nazorat qilib boradi. Ya’ni, moddiy-texnik bazasi talab darajasida bo‘lmagan klublar Pro-Ligaga qo‘yilgani bilan, ular infratuzilma masalasida jiddiy ishlashi shart. Ular mablag‘ jihatdan Superliga klublari bilan raqobatlasha olmasa-da, 2—3 yil ichida maydon, baza va futbol maktabi PFLning minimum talabiga javob berishi kerak. Vaqti kelib ularning stadioniga mamlakatning eng kuchli klublari hech bir e’tirozsiz kelishi lozim. Shundan kelib chiqib, infratuzilma bosqichma-bosqich rivojlanadi. Agar har chorak tekshiruvidan keyin klublar nazoratdan o‘ta olmasa, ularga nisbatan sanksiyalar belgilanadi (umuman ishlamayotgan klublar Pro-Ligadan chetlashtiriladi).

    Bunda bir narsani tushunish lozim. Hozirgi holatda chempionlik uchun kurashadigan jamoaga pul sarf etib, infratuzilmani tashlab qo‘yishda ma’ni yo‘q. Chunki Superliganing talabi doim yuqori bo‘lib qolaveradi. Shundan kelib chiqib, asosiy e’tibor infratuzilmaga qaratilishi mantiqliroq. O‘FA esa faqatgina shu shart bilan talabgor klublarga Pro-Liga eshiklarini ochdi.

    Format qanday bo‘ladi?

    Rejaga ko‘ra, har ikki guruh jamoalari to‘rt davrali (2 ta uyda va 2 ta safarda) o‘yinlar o‘tkazadi — 32 (jami 36) ta tur. Unga ko‘ra, Pro A’da yetakchi bo‘lgan jamoa Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. PRO A liganing so‘nggi jamoasi PRO B ligaga tushib ketsa, PRO B g‘olibi, PRO A ligaga yo‘llanma oladi. PRO A liganing 2 va 3-jamoalari esa Pro B’da mos ravishda 2 va 1-o‘rnini egallagan klublarga qarshi o‘tish o‘yinlarida ishtirok etadi. G‘oliblar Superligada 10 va 11-o‘rinni egallagan klublarga qarshi pley-off o‘yini o‘tkazadi.

    Eslatma: Mavsum davomida qaysi zonada bo‘lishidan qat’i nazar biror bir jamoa yarim yo‘lda turnirdan chiqib ketsa, 2019-yilgi mavsumda o‘ynash imkoniyatidan ham mahrum etilishi mumkin (bu masala O‘FA Ijroiya qo‘mitasi Byurosi tomonidan alohida ko‘rib chiqiladi).

    Xulosa: O‘FA barcha uchun imkoniyat eshiklarini ochishga qaror qildi. 2018-yilgi mavsum Pro-Liga talabida bo‘lgan klublarning haqiqiy imkoniyatini ko‘rsatib beradi va kelgusi rejalar hamda format shuning asosida kelib chiqadi.

    PFL O‘zbekiston Superligasi hamda Pro-Ligasi o‘yinlari bir vaqtda tugashi masalasini inobatga oladi. Bu har ikki liga klublari o‘rtasidagi o‘tish o‘yinlari oldidan jamoalarning jismoniy jihatdan imkoniyatlarini tenglashtiradi.

    PFL O‘zbekiston Kubogi formatini o‘zgartirish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda. Bu borada ham yangilik bo‘lishi katta ehtimol. Pro-Liganing barcha ishtirokchilarida O‘zbekiston Kubogida ishtirok etish imkoniyati bo‘ladi. Yangi format esa yaqin kunlar ichida e’lon qilinadi.

    Mavzuga doir: Superliga. Terma jamoa o‘yinlari sabab AGMK—“Lokomotiv” o‘yini qoldirildi. “Paxtakor” va “Bunyodkor” ishtirokidagi o‘yinlar sanasi esa o‘zgardi

    22.03.2018, 19:58   Izoh (0)   23986
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliga. Terma jamoa o‘yinlari sabab AGMK—“Lokomotiv” o‘yini qoldirildi. “Paxtakor” va “Bunyodkor” ishtirokidagi o‘yinlar sanasi esa o‘zgardi

    22.03.2018, 19:40

    Qirg‘iziston o‘z tarixida ilk marta Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqdi

    22.03.2018, 19:28

    Shohjahon Ergashev 28-aprelda navbatdagi jangini o‘tkazadi. Raqib esa xitoylik

    22.03.2018, 12:25

    Ertaga O‘zbekiston — Keniya o‘yini. Keniyaliklar murabbiyi esa “andijoncha” mehmondo‘stlikdan hayratda

    22.03.2018, 12:06

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi Marokashda (foto)

    22.03.2018, 11:45

    Andijonga “Navro‘z” bayramida yetib kelgan keniyalik futbolchilar qanday kutib olindi? (foto va video)

    21.03.2018, 19:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “2030-yilgacha asfalt qilinmagan ichki yo‘l qolmaydi” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 14 iyul, 11:31

    Suriyada qabilalar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlarda 37 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 14 iyul, 11:26

    O‘zbekistonda 15-iyul kuni harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 11:11

    Yashab qolish uchun suzish: suriyalik qochoq sportchi Yusra Mardinining hayratlanarli hayoti

    Layfstayl | 14 iyul, 10:50

    Rossiya harbiylari o‘quv mashg‘ulotlari uchun O‘zbekistonga keldi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyul, 10:46

    Turkiyadagi yirik fermer xo‘jaliklariga o‘zbekistonliklar ishga jalb etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 14 iyul, 10:32

    Tramp Ukrainaga Patriot raketalarini yuborishini maʼlum qildi

    Dunyo | 14 iyul, 10:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.