La Liganing 29-turida “Jirona”ga qarshi o‘yinda 4 ta gol urib, poker qayd etgan Krishtianu Ronaldu 2017/2018-yilgi mavsumdagi barcha musobaqalar bo‘yicha eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ronaldu hisobida 35 ta o‘yinda kiritilgan 37 ta gol mavjud.
Bu ro‘yxatda “Liverpul”ning “Uotford”ga qarshi o‘yinida yana bir poker qayd etgan o‘yinchi Muhammad Saloh esa 41 o‘yinda 36 ta gol bilan ikkinchi bo‘lib turibdi.
Uchinchi o‘rinda esa yaqindagina jarohat olgan Harri Keyn ketmoqda. Uning hisobida 39 o‘yinda kiritilgan 35 ta gol mavjud.
“Barselona” a’zosi Lionel Messi hisobida ham 35 ta gol mavjud. Ammo Messi 35 ta golni urish uchun, 43 ta o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan.
Ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan:
- Krishtianu Ronaldu (“Real”) – 37 gol (35 o‘yin)
- Muhammad Saloh (“Liverpul” – 36 (41)
- Harri Keyn (“Tottenhem”) – 35 (39)
- Lionel Messi (“Barselona”) – 35 (43)
- Chiro Immobile (“Latsio”) – 34 (38)
- Edinson Kavani (PSJ) – 33 (40)
- Robert Levandovski (“Bavariya”) – 32 (37)
- Serxio Aguero (“Manchester Siti”) – 30 (37)
- Neymar (PSJ) – 28 (30)
- Romelu Lukaku (“Manchester Yunayted”) – 25 (44)
Izoh (0)