Navoiyda O‘zbekiston Superligasi 3-turi doirasida “Qizilqum” va ”Nasaf” jamoalari o‘rtasida kechgan va mehmonlar jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yindan so‘ng mezbonlar jamoasi bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov iste’fo berdi. Bu haqda “Championat.asia” xabar berdi.
Aktamov o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida iste’fosi haqida ma’lum qilgan.
O‘yin bo‘yicha raqibga yutqazmadik, deb o‘ylayman. Shunchaki, omadimiz kelmadi. Birinchi bo‘limda, hisob 0:0 paytida ikkita qulay vaziyat golga aylanmadi. Yaxshi o‘ynab yutqazdik. Yigitlarga e’tirozim yo‘q. Bugun bosh murabbiy sifatida oxirgi o‘yinni o‘tkazdim. Bu futbol, omad va omadsizlik yonma-yon turadi. Qo‘limdan kelganicha jamoani yuqoriga ko‘tarishga intildim. Buni tushungan, tushunadi. Bir kishiga hamma ishni bajarish qiyinchilik tug‘dirar ekan. Afsuski, hozircha chet eldan tajribali murabbiy taklif etishga imkoniyatimiz yo‘q. Shu bois bundan buyon jamoada Yuriy Pavlovich Lukin bosh murabbiylikni davom ettiradi. Ilgari hech qachon mavsumni bu qadar yomon boshlamagandik. Ammo har qanday qiyinchilikniyam oxiri bo‘ladi. Futbolchilarga qo‘ldan kelgancha barcha imkoniyatlarni yaratishga harakat qilayapmiz. Mavsum endi boshlandi. O‘ylaymanki, asta-sekin yaxshi natijalarni ham qo‘lga kirita boshlaymiz.Ma’lumot uchun “Qizilqum” Superliganing ortda qolgan 3 turida mag‘lubiyatga uchradi. Hamidjon Aktamov esa ko‘p yillardan beri klub tuzilmasida faoliyat ko‘rsatib kelgan.Hamidjon Aktamov, “Qizilqum” jamoasi sobiq bosh murabbiyi
Izoh (0)