• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xushnudbek Xudoyberdiyev: Kattaqo‘rg‘onlik o‘qituvchi o‘limida ish beruvchining aybi bormi?

    Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktabning mehnat ta’limi o‘qituvchisi, 23 yoshli Diana Yenekeyevaning o‘limi barchani chuqur qayg‘uga soldi. Shu o‘rinda savol tug‘ilishi mumkin: maktab o‘qituvchisi hashar ishlariga jalb qilingan vaziyatda vafot etsa, uning oilasiga zarar, ya’ni xalq tili bilan aytganda, tovon puli to‘lanadimi? Xushnudbek Xudoyberdiyev “Xabar.uz” nashrida shu haqda fikr yuritgan. 

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Ish beruvchi qanday zararlarni to‘lashi kerak?

    Mehnat kodeksining 192-moddasiga binoan xodim mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetishi sababli vafot etgan hollarda ish beruvchi marhumning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga, shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan yoki u vafot etgan kunga qadar undan ta’minot olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar, marhumning vafotidan keyin tug‘ilgan farzandi, shuningdek ota-onasidan biri, umr yo‘ldoshi yoki oilaning boshqa a’zosiga, agar u ishlamasdan marhumning uch yoshga yetmagan bolalari (ukalari, singillari) yoki nevaralarining parvarishi bilan band bo‘lsa, zararni to‘lashi shart.

    193-moddasida esa zarar miqdori ko‘rsatilgan bo‘lib, vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to‘lanadigan zarar miqdori marhumning o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida belgilangan. Demak, Diananing o‘g‘li 16 yoshga to‘lguncha onasining o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida zarar to‘lovini olishi kerak.

    Shuningdek, Mehnat kodeksining 194-moddasiga binoan xodimning vafoti munosabati bilan ish beruvchi marhumning olti yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda biryo‘la beriladigan nafaqa to‘lashi ham kerak bo‘ladi. Masalan, bu miqdor o‘rtacha 1 million so‘m ish haqi oladigan xodim uchun 72 million so‘mni tashkil etadi.

    Yetkazilgan zararni to‘lash tartibi qanday?

    Eng avvalo Diananing o‘limi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa hisoblanadimi yoki hisoblanmaydimi degan savolga javob topish kerak. Buning uchun baxtsiz hodisa maxsus tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.Bunday tekshiruv Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida o‘tkaziladi.

    Maxsus tekshirish viloyat Bandlik va mehnat munosabatlari bosh boshqarmasi buyrug‘iga asosan shakllantirilgan komissiya tomonidan o‘tkaziladi.

    Unga ko‘ra komissiya raisi — viloyat davlat mehnat texnika nazoratchisi, a’zolari — yuqori turuvchi xo‘jalik organi vakili, ish beruvchi, jabrlanuvchining asosiy ish joyi kasaba uyushmasi qo‘mitasi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining vakili bo‘ladi.

    Maxsus tekshirish komissiyasi 15 kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib chiqadi, maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzadi hamda ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi.

    Komissiya a’zolari jabrlanuvchilar yoki ularning oila a’zolari bilan uchrashuvlar tashkil etadi, zarur bo‘lsa tegishli organlarga takliflar kiritadi yoki ijtimoiy tusdagi yordam masalalarini joyida hal qiladilar, jabrlanuvchiga yoki o‘lganning oila a’zolariga ularning huquqlarini tushuntiradi.

    Hasharga jalb etilgan o‘qituvchi mehnat vazifalarini bajarayotgan deb topiladimi?

    Endi eng asosiy masalaga kelayapmiz. Mayli, tekshirish ham o‘tkazilar, lekin komissiya Dianani ish joyidan tashqarida yoki o‘z mehnat vazifasini bajarmayotgan paytda vafot etgan, shuning uchun zarar to‘lanmaydi deya xulosa qilishi mumkinmi? Mumkin, har narsa bo‘lishi mumkin. Ammo...Ammo bu adolatsiz xulosa bo‘ladi!

    Vazirlar Mahkamasining 286-qarorida tadbirlarning o‘tkazilishi yoki ishlar bajarilishi joyidan qat’i nazar, shanbalik (yakshanbalik) o‘tkazilayotgandagi baxtsiz hodisalar tekshiriladi va hisobga olinadi deya belgilangan.

    Bundan quyidagi 2 ta xulosani chiqarish mumkin:

    Ish joyi muhim emas, ya’ni xodim aynan ishxonada vafot etsagina zarar to‘lanadi degan qoida yo‘q;

    Aynan o‘z mehnat vazifasini bajarayotgan bo‘lishi kerak degan qoida ham yo‘q. Ya’ni o‘qituvchi faqat dars o‘tayotganda vafot etsagina zarar to‘lanadi deyish ham noto‘g‘ri.

    Yana bir ikkilantiradigan holat bor, ya’ni hasharga chiqqanini tasdiqlovchi maktab direktorining buyrug‘i bo‘lishi kerak deydi ko‘pchilik. Yo‘q, shart emas. Marhum Diana holatida maktab direktori buyruq chiqarmagani aniq-ku! Hammasi tepadagilarning og‘zaki buyrug‘i asosida bo‘lgan! Unda nima bo‘ladi?

    Buyog‘i maxsus tayinlangan komissiya a’zolarining malakasi va vijdoniga bog‘liq. Komissiya barcha holatlarni batafsil, sinchiklab o‘rganishi, guvohlarni so‘roq qilishi, dalillarni xolisona ko‘rib chiqib xulosa qilishi kerak. Qisqa qilib aytganda, hammaga ayon bo‘lib turgan haqiqatdan ko‘z yummasligi lozim.

    “Biz bu voqeani ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa deb topsak, zararni qoplash uchun davlat byudjetidan katta mablag‘ sarflanadi, byudjetga zarar yetkazmaylik” degan eskilik sarqitidan yodgorlik qolgan axmoqona o‘y-xayollarni ham yig‘ishtirib qo‘yadigan vaqt keldi.

    Xulosa o‘rnida

    Umid qilamanki, maxsus komissiya ishni har tomonlama xolisona ko‘rib chiqadi va yakunda oqni oq, qorani qora deydi. Aslida gap pulda ham emas. Marhumning oilasiga, ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, murg‘ak o‘g‘ilchasiga qandaydir millionlar tugul, milliard so‘m bersangiz ham o‘ksik ko‘nglini to‘ldira olmaymiz. Biroq ijtimoiy adolat, marhumning haqqi hurmati va kelgusida o‘rnak bo‘lishi uchun ham ko‘zni chirt yumib, asl haqiqatni qo‘rqmasdan qayd etish mas’uliyati o‘sha maxsus komissiya zimmasida turganini unutmasalar bo‘ldi.

    P/S: Lekin har qanaqa vaziyatda ham Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14- iyundagi 174-qarori bilan tasdiqlangan “Dafn etishga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra Diana faoliyat yuritgan maktab eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida nafaqa to‘lashi shart.

    19.03.2018, 12:19   Izoh (0)   28653
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Tojikiston to‘rtta avtobus yo‘nalishini ishga tushirishni rejalashtirmoqda

    19.03.2018, 10:18

    “Bu javobni o‘qisa, hayratlanib, Diana boshqatdan o‘lardi!” Yoxud Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi javobiga javob

    19.03.2018, 09:38

    Toshkentda qoidabuzar PPX brigadasi xodimi jarimaga tortildi

    19.03.2018, 09:18

    Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi va Samarqand viloyat XTB marhum Diana Yenikeyeva yo‘l tozalashga chiqarilganini inkor etdi

    19.03.2018, 08:28

    Qashqadaryoda Cobalt avtobus bekatiga borib urildi. Haydovchi va ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi

    19.03.2018, 08:06

    Samarqandda tramvayning ikkinchi tarmog‘i ishga tushirildi

    19.03.2018, 07:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10

    Ukraina Avstraliyadan Abrams tanklarining dastlabki partiyasini oldi

    Dunyo | 20 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40

    Navoiyni zararli tutun qopladi (video)

    O‘zbekiston | 20 iyul, 11:10

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30

    Saudiya Arabistonining “uyqudagi shahzoda”si vafot etdi

    Dunyo | 20 iyul, 10:30

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.