• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu javobni o‘qisa, hayratlanib, Diana boshqatdan o‘lardi!” Yoxud Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi javobiga javob

    Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida 23 yoshli o‘qituvchi ayolning ko‘cha tozalash ishlari chog‘ida “KamAZ” tagida qolib halok bo‘lgani yuzasidan surishtiruv olib borib, “Xabar.uz” nashrida maqola e’lon qilgan jurnalist Karimberdi To‘ramurod Kattaqo‘rg‘on tuman hokimining o‘rinbosari M.Muzaffarov va Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Q.Saidov imzolagan javob xatini oldi. “Daryo” jurnalistning ushbu javob xatga bag‘ishlangan maqolasini o‘z holicha e’lon qiladi.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Kattaqo‘rg‘onda ko‘cha tozalashga olib chiqilgan yoshgina o‘qituvchi fojiali halok bo‘ldi.

    Voqea sodir bo‘lgan joyga bordim. Hammasini ko‘zim bilan ko‘rdim. Prezidentning Samarqand viloyatiga tashrifi oldidan ko‘zni bo‘yash uchun ko‘chalar, o‘rtadagi to‘siqlar bo‘yalayotganini, o‘qituvchilar ko‘chalarni supurib, yo‘l chetlaridagi o‘tlarni qirib yurganini ko‘rdim, suratga oldim.

    Halok bo‘lgan Diana Yenekeyevaning oilasiga, u ishlagan maktabga bordim, o‘qituvchilar bilan gaplashdim. Ular ko‘cha tozalashga borganlarini aytib berishdi. Bularni diktofonga yozib oldim.

    Ko‘rgan-bilganlarim “Xabar.uz”da bosildi, odamlar o‘qidi. Kattakonlar ham.

    Ammo bugun maqolam yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman hokimining o‘rinbosari M.Muzaffarov va Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Q.Saidov imzolagan ajabtovur javob xati oldim.

    Ajabo! Bu javobni o‘qisa, hayratlanib,  ...Diana boshqatdan o‘lardi!

    “Maktab o‘qituvchilari, jumladan Diana Yenikeyeva ham hech qanday yo‘l chetini tozalash, supurish uchun chiqarilmagan”, — debdi kap-katta amaldorlar.

    Maqolaga berilgan bu javob rasmiy tusda bo‘lsa-da, u negadir tuman hokimligi yoki viloyat xalq ta’limi boshqarmasining rasmiy blankasiga yozilmagan. Unda na manzil va na bayonotning chiqish sanasi ko‘rsatilgan. Muhr ham bosilmagan.

    “O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, maktab o‘qituvchilari, jumladan Diana Yenikeyeva ham hech qanday yo‘l chetini tozalash, supurish uchun chiqarilmagan. Qolaversa, bunday ishlar joylardagi obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining vazifasiga kiradi. Ta’lim muassasalarida esa o‘qituvchilar emas, balki xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’ul xodimlar, bog‘bonlar shug‘ullanadi”, deyiladi bu xatda.

    Ajabo, nega unda M.Muzaffarov va Q.Saidov imzolagan bu javob xatida yosh pedagogning ish vaqtida katta trassada nima qilib yurgani haqidagi savol ko‘tarilmagan? Nega unda maqolamizda keltirilgan guvohlarning o‘sha kuni va ertasiga ham ko‘cha tozalashga chiqarilgani haqidagi gaplarini e’tiborga olishmagan.

    “‘KamAZ’ haydovchisiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi” deb meni tinchlantirmoqchi bo‘lgan kattakonlar aslida mening yuragimga g‘ulg‘ula solmoqchi bo‘lishganiga aqlim yetib turibdi. Ular “Hozircha ‘KamAZ’ haydovchisiga jinoiy ish ochdik, ammo ‘Hech kim hech qanaqa ko‘cha tozalashga chiqarilgani yo‘q’ degan safsatamizga odamlarni, odamlar-ku, ikki dunyoda ishonmaydi, kattakonlarni ishontirib olsak, yolg‘on maqola yozgan jurnalist sifatida senga ham jinoiy ish ochamiz”, — demoqchi aslida.

    Qiziq, mening yo‘q narsalar ko‘zimga ko‘rinadigan kasalim yo‘q edi. Shuncha kundan beri ko‘cha tozalab yurgan o‘qituvchilarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim deb yuruvdim. Endi ikkilanib qoldim. Bu gallyutsinatsiyamidi? Unda kimlarni suratga oldim ekan?

    Kattaqo‘rg‘ongina emas, Pastdarg‘om tumanida ham o‘qituvchilar ko‘cha supurib, to‘siqlarni oqlab yurishganini o‘zim ko‘rgandim-ku? O‘zim gaplashgandim-ku? Nahotki men arvohlar bilan gaplashgan bo‘lsam?

    Hatto hamkasblari o‘lib ham Kattaqo‘rg‘ondagi 42-maktabning boshqa o‘qituvchilari ko‘cha tozalab yurishuvdi-ku?

    Men-ku mayli, kasaldirman, ko‘zimga ko‘ringandir, ammo diktofonimdagi “15 kundan beri ko‘cha tozalaymiz, prezident kelib ketmaguncha tozalashga chiqasizlar deyishgan” degan ovozlar ham arvohlarnikimi?

    Meni kasal ekanimga, yo‘q narsalar ko‘zimga ko‘rinishiga ishontirishar kattaqo‘rg‘onlik amaldorlar, ammo butun boshli tumandagi 15 kundan beri ko‘cha supurib, to‘siq oqlab yurgan barcha o‘qituvchilarning og‘zini tikib chiqa olisharmikan?

    Eh, kattakonlar, kattakonlar! Qachon yolg‘onchilikni tashlaysizlar?

    Boshqalar mayli, Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lgan muhtaram Q.Saidov, siz uyalmadingizmi ko‘zingizni lo‘q qilib yolg‘on gapirishga, betayinlarcha yozilgan soxta javobga qo‘l qo‘yishga? Axir xalq ta’limi boshqarmasida ishlasangiz, hoynahoy, o‘qituvchi xalqidan chiqqan bo‘lsangiz kerak?

    Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari “Bas, yetar! O‘qituvchilarni tinch qo‘ying. Hamma o‘z ishini qilsin. Parlament a’zolari, deputatlar va boshqa davlat organlari kelinglar bir me’yoriy hujjat ishlab chiqaylik. Millat taqdiri-ku axir!” deb voqeaga o‘z munosabatini bildirib turganida, siz bu fojiani tan ololmadingiz.

    Q.Saidov, siz viloyat o‘qituvchilariga bosh bo‘la turib, bir o‘qituvchingizga, uning ruhiga xiyonat qildingiz. “Diana Yenikeyeva hech qanday yo‘l chetini tozalash, supurish uchun chiqarilmagan” deb unga tuhmat qildingiz! Bilmasangiz, bilib qo‘ying: qiyomat kuni Diananing ikki qo‘li sizning yoqangizda bo‘ladi!

    E’tiboringizga o‘zim olgan ayrim o‘qituvchilarning suratlarini havola qildim. Bilaman, axtarib topib, hammasini jazolaysiz, xalq ta’limi tizimidan yo‘q qilasiz, shuning uchun hammasini chop etmayman! U yog‘i, bor bo‘lsa, vijdoningizga havola!

    Karimberdi To‘ramurod

    19.03.2018, 09:38   Izoh (0)   114058
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda qoidabuzar PPX brigadasi xodimi jarimaga tortildi

    19.03.2018, 09:18

    Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi va Samarqand viloyat XTB marhum Diana Yenikeyeva yo‘l tozalashga chiqarilganini inkor etdi

    19.03.2018, 08:28

    Qashqadaryoda Cobalt avtobus bekatiga borib urildi. Haydovchi va ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi

    19.03.2018, 08:06

    Samarqandda tramvayning ikkinchi tarmog‘i ishga tushirildi

    19.03.2018, 07:23

    Chiroqchida niqobli bosqinchilar hamqishloq ayolni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, puli va tillasini olib ketdi

    18.03.2018, 23:07

    MAGATE mutaxassislari O‘zbekistondagi yagona faoliyat ko‘rsatuvchi tadqiqot reaktori bilan tanishdi

    18.03.2018, 22:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda beshta oliygohga kirolmagan talabgor oltinchisiga qabul qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:48

    Endi oliygohlar davlatdan to‘plangan ballariga qarab pul oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:41

    Birgina reklama puliga poytaxtdan kvartira: mashhurlar ijtimoiy tarmoqlardan qancha daromad oladi?

    Layfstayl | 8 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:16

    Oltinga burkangan qasr: Tramp Oq uyga qanday o‘zgartirishlar kiritdi? (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 16:00

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    Shavkat Mirziyoyev ishga joylashishni hisob-kitob qilishdagi kamchiliklarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 15:43

    “Falastin Pelesi” Sulaymon al-Ubayd G‘azo janubidagi hujumda halok bo‘ldi

    Sport | 8 avgust, 15:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.