Italiya chempionatining 29-tur bahslariga yakun yasaldi.
Ushbu turda “Yuventus” va “Latsio”dan boshqa barcha yetakchi klublar “Inter”, “Roma”, “Milan”, “Napoli” g‘alaba qozonishga erishdi.
“Yuventus” SPAL mehmoni bo‘lib, nursiz durangga rozi bo‘lib qaytdi.
“Inter” safarda “Sampdoriya”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. “Inter” sardori Mauro Ikardi esa ushbu o‘yinda 4 ta gol urib poker qayd etdi.
“Milan” A Seriyaning ketma-ket 10 turidan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Bu turda Gattuzo shogirdlari “Kyevo”ni 3:2 hisobida taslim etishga muvaffaq bo‘ldi.
Chempionlar ligasida “Barselona”ga raqib bo‘lgan Rimning “Roma”si esa 29-turda safarda to‘p surganiga qaramay, 0:2 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.
Skudetto uchun kurashayotgan Neapolning “Napoli” jamoasi “Jenoa” ustidan 1 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi.
Italiya A Seriyasi
29-tur bellashuvlari
17-mart, shanba
SPAL — “Yuventus” 0:0
“Udineze” — “Sassuolo” 1:2
Gollar: 0:1 — 42, avtogol Adnan, 1:1 — 44 Fofana, 1:2 — 74 Sensi.18-mart, yakshanba
Izoh (0)