Hozirgina Superliganing 3-turi doirasida “Paxtakor” — AGMK uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda mezbon jamoa g‘olib bo‘ldi.
Avvaliga bahsning 13-daqiqasida chap qanotdan Farruh Sayfiyev oshirgan pasdan so‘ng “Paxtakor” legioneri Tiago Bezerra hisobni ochdi. O‘yinning 21-daqiqasida Tiago Bezerra yiqitilgani uchun AGMK darvozasiga penalti belgilandi. 11 metrdan zarba bergan yana bir legioner Ismoil Gonsalvesh adashmadi va hisobning 2:0 ko‘rinish olishini ta’minladi.
42-daqiqada hakam “Paxtakor” darvozasi tomon penalti belgiladi. AGMK legioneri Yovan Jokich esa hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu hisob o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi.
3-tur bahslari bugun “Qizilqum” — “Nasaf” o‘yini bilan yakunlanadi.
O‘zbekiston Superligasi
3-tur bellashuvi
18-mart, yakshanba
Izoh (0)