Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi bayram kunlari aholini gaz aralashmasi bilan to‘ldirilgan havo sharlaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi, deb yozadi O‘zA.
“Gaz aralashmasi bilan to‘ldirilgan havo sharlari juda xavflidir. Yonuvchi gazli sharlarning chaqnashi uchun birgina cho‘g‘ning o‘zi yetarli. Natijada, inson jiddiy tan jarohati olib, bayram fojiaga aylanishi mumkin.
Havoda uchadigan gaz aralashmasi bilan to‘ldirilgan havo sharlarini xarid qilmaslik, noqonuniy savdo qilayotgan bunday ‘tadbirkor’lar ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini o‘rnatish barchamizning hayotimiz va sog‘ligimiz uchun foydalidir”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)