Shu yil oxirigacha O‘zbekistondagi terminallar Visa va MasterCard kartalarini qabul qilishi, bankomatlar soni esa bir necha marta oshishi rejalashtirilgan, deb yozadi Spot.
Hozircha xalqaro to‘lov tizimlari kartalarini qabul qiluvchi bankomatlar respublikada 90 ga yaqin, ularning ko‘pchiligi esa Toshkentda joylashgan.
Spot Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida ularning qayerlarda joylashgani haqida ma’lumot to‘plab, xaritada aks ettirdi.
Izoh (0)