Surxondaryoda Navro‘z bayrami ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
Bayramda Termiz davlat universiteti talabalari milliy urf-odatlar, milliy taomlar, hunarmandchilik buyumlari va o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi.
“Doshqozonlarda tayyorlangan sumalak, halim va osh bayram ishtirokchilariga ulashildi. Universitet talabalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, sahna chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)