Farg‘ona shahridagi Motrudiy ko‘chasida 14-mart kuni soat 22:10 atrofida qotillik sodir etildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Shaharning Yurtparvar ko‘chasida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan M.Mirzadavlatov Motrudiy ko‘chasida joylashgan “Mirzadavlat” nomli oziq-ovqat savdo do‘koni yerto‘lasida o‘zaro janjal oqibatida 1968-yilda tug‘ilgan otasi Q.Ochildinovga pichoq urdi.
Q.Ochildinov kasalxonaga yotqizildi va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, hayotdan ko‘z yumdi.
M.Mirzadavlatov qo‘lga olingan.
Izoh (0)