Ichki ishlar vazirligining ko‘rsatmasiga asosan Samarqand viloyatining har bir shahar va tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i sektorlarida kitob do‘konlari ochildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bundan tashqari, aholi o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida, Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida IIB xodimlari tomonidan aholiga kitoblar tarqatilmoqda.
Kitoblar asosan kam ta’minlanganlar, nogironligi bor bo‘lgan shaxslarga, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va maktablarning faol hamda a’lochi o‘quvchilariga tarqatilmoqda.
Izoh (0)