Singapur dunyodagi eng aqlli shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Reyting Juniper Research kompaniyasi va Intel korporatsiyasi tomonidan tuzilgan. Uni tuzishda tahlilchilar internet texnologiyalarining rivojlanishi, ularning jamiyat hayotidagi asosiy sohalarga, infratuzilmaga va sog‘liqni saqlash tizimiga kirib borish darajasini hisobga olgan. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
Shuningdek, ekspertlar yuqori texnologiyalarning jamoat xavfsizligini saqlash va ishlab chiqarishda qo‘llanilishiga ham e’tibor qaratgan. Singapur to‘rtta yo‘nalishda ham ustunlik qilgan: mobillik, sog‘liqni saqlash, jamoat xavfsizligi va ishlab chiqarish.
Tadqiqotda ta’kidlanishicha, Singapur keksa kishilarning sog‘lig‘ini kuzatish va tez tibbiy yordam haqida xabar berishga imkon beruvchi qurilmalar bilan ta’minlash borasida yuqori natijalarga erishgan. Shaharda amalga kiritilgan transport oqimini boshqarish tizimi haydovchilarga bir yilda 60 soatni tejashga imkon beradi.
Ikkinchi o‘rindan London joy olgan. Nyu-York, San-Fransisko, Chikago, Seul va Tokio mos ravishda keyingi o‘rinlarni egallagan.
Izoh (0)