Daniya shahzodasi Nikolay modelga aylandi va agentlik bilan shartnoma imzoladi. 18 yoshli yigit bu qarori bilan butun oilasini hayratda qoldirdi. Biroz avval u Londondagi modalar haftaligi doirasida bo‘lib o‘tgan Burberry modalar uyining namoyishida ishtirok etgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Nikolay Daniya shahzodasi va Monpez grafi maqomiga ega bo‘lib, qirolicha Margretning katta nabirasi hisoblanadi. Shuningdek, u hisob bo‘yicha taxtga da’vogarlar orasida yettinchi hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shahzoda Nikolay qirollikdan moliyaviy ta’minot olmaydi. Bundan tashqari, u shahzodaning rasmiy majburiyatlarini bajarmaydi.
Izoh (0)