YuKOS sobiq rahbari, “Ochiq Rossiya” asoschisi Mixail Xodorkovskiy Germaniyada Rossiya prezidenti saylovi uchun muddatidan oldin ovoz berdi, deb yozadi “Vedomosti”.
U o‘z Twitter’ida barcha nomzodlar ism-shariflari qarshisiga qizil siyoh bilan “x” belgisini qo‘yib, byulletenni buzganligini yozdi.
“Putinga qarshi norozilik aksiyasini boshlash uchun 700 km masofadagi saylov uchastkasiga ataylab borib keldim”, — deya aniqlik kiritdi Xodorkovskiy.
U o‘tgan yilning oktabridayoq saylovda Putinga qarshi ovoz berishga da’vat etgan edi.
Izoh (0)