McDonald’s tezkor ovqatlanish restoranlar tarmog‘i Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘z tarixida birinchi bor logotipini o‘zgartirdi. Kompaniya “M” harfini “W” shakliga o‘girib qo‘ydi (women — ayollar). Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
7-mart, chorshanba kuni Kaliforniyadagi restoranlardan birining logotipi o‘zgartirilgan. 8-mart kuni “M” o‘rniga “W” harfi restoranlar tarmog‘ining saytida va mobil dasturlarida ham paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, restoranlar tarmog‘ining yuzta muassasasidagi xodimlar ham “W” logotipi tushirilgan bosh kiyim va formada yuradi.
McDonald’s rahbarlaridan biri Uendi Lyuisning so‘zlariga qaraganda, bu kabi qaror “dunyodagi ayollarning aql bovar qilmas yutuqlari sharafiga” qabul qilingan.
Amerikadagi McDonald’s restoranlari menejerlarining 10 nafaridan oltitasi — ayollardir.
Izoh (0)