“Jaysh al-Islom” terrorchilik tashkilotining jangarilari Rossiyaning Suriyada halokatga uchragan An-26 harbiy-transport samolyoti bo‘yicha mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oldi. Bu haqda Livanning Ad-Diyar nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Jangarilarning so‘zlariga qaraganda, ular samolyot qo‘nishni amalga oshirayotgan vaqtida uni pulemyotlardan o‘qqa tutgan.
Shuningdek, jangarilarning takidlashicha, hujum Rossiya hukumatining Sharqiy Gutadagi operatsiyasiga javob hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Suriyada qulagan An-26 transport samolyoti bortida 39 kishi — 33 nafar harbiy va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Izoh (0)