AQShning ExxonMobil korporatsiyasi sanksiyalar tufayli 2018-yildan boshlab “Rosneft” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi neft konlarini qidirish loyihalaridan chiqishi 200 million dollar zarar keltiradi. Bu haqda EADaily xabar berdi.
ExxonMobil va “Rosneft” 2013—2014-yillarda bir necha qo‘shma korxona tuzgandi. Biroq 2014-yili Ukrainadagi hodisalar asnosida AQSh va Yevropa Rossiya energetik sektoriga nisbatan sanksiyalar joriy etishni boshlashi. 2017-yilda esa bu cheklovlarni kengaytirishi hamkorlikka nuqta qo‘ydi.
Kompaniyalarning Qora dengiz, Arktika va G‘arbiy Sibirda 10 ta qo‘shma loyihasi mavjud edi. Ularning barchasi to‘xtatildi.
Izoh (0)