• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Obod qishloq” dasturi doirasida Samarqandning Jom qishlog‘ida bunyodkorlik ishlari boshlandi

    Keyingi kunlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p tilga olingan, muhokama etilgan mavzu bu – Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘ida boshlangan keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Davlat rahbari tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan yangi tizim – “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha boshlangan ishlar nafaqat manasliklar, balki O‘zbekistonning barcha qishloqlarida yashovchi aholining kayfiyatini ko‘tarib, ularni ham bunyodkorlikka chorlamoqda. Mahalliy hokimliklar, sektorlar rahbarlari esa o‘z hududlaridan muammolari ko‘p bo‘lgan, sharoiti og‘ir qishloqlarni tanlab, ularni namunali maskanga aylantirishga kirishmoqda.

    Samarqand viloyati hokimligi ham ushbu tashabbusdan ruhlanib, Nurobod tumanining olis Jom qishlog‘ida keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlarini boshladi.

    Jom nafaqat Nurobod tumani, balki mamlakatning eng qadimiy, yirik aholi maskanlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda “Jom” qishloq fuqarolar yig‘inidagi 6 mahallada 30 mingga yaqin aholi istiqomat qilmoqda.

    O‘tgan hafta viloyat hokimligining ishchi guruhi mazkur hududning infratuzilmasi, ijtimoiy soha obyektlari va aholi xonadonlarining holatini o‘rganib, xalq bilan muloqot uyushtirdi. Qishloqda mavjud muammolarni o‘rgandi. Shu asosida dastur tuzilib, dastlabki bosqichda Jom va Girdiqo‘rg‘on mahallalarini obod maskanga aylantirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqildi.

    Kuni kecha Jom qishlog‘ida Samarqand viloyati hokimi T.Jo‘rayev hamda barcha sektorlar rahbarlari, tuman, shaharlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, viloyatdagi boshqarma, idoralar, jamoat tashkilotlari boshliqlari ishtirokida ushbu loyihalarning taqdimoti o‘tkazildi, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

    – Tegishli sohalar mutaxassislari xulosalari, qishloq aholisining taklif va istaklari asosida ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ikki mahallada zamonaviy mahalla markazlari, “Nuroniylar maskani” va choyxona, ikkita maktabgacha ta’lim muassasasi quriladi, – deydi Samarqand viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i N.Sodiqov. – Hududdagi madaniyat va aholi dam olish markazi atrofida zamonaviy istirohat bog‘i, xotira maydoni, yozgi amfiteatr, muzey va boshqa inshootlar bunyod etiladi. Jom bozori zamonaviy arxitektura talablari bo‘yicha rekonstruksiya qilinadi. Qishloq hududidagi 5,4 kilometr yo‘lga asfalt yotqiziladi, 22 kilometr ichki yo‘llarga qum-shag‘al to‘kilib, tekislanadi. Hozirda yo‘l qurilishi korxonalari tomonidan zarur texnika vositalari va ishchi kuchi jalb etilib, bu ishlar boshlab yuborildi. Bundan tashqari, qishloq hududidagi kasb-hunar kolleji va umumta’lim maktablari, tibbiyot muassasalari ham ta’mirlanadi.

    Jomdagi eng muhim masalalardan biri – aholi xonadonlarida zamonaviy turmush sharoiti yaratish, kommunal sohalardagi muammolarni bartaraf etishdan iborat. Shu maqsadda Jom mahallasidagi 1 ming 65 va Girdiqo‘rg‘ondagi 757 xonadonning holati o‘rganilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilandi. Avvalo, barcha uylarning kadastr hujjatlarini tayyorlash choralari ko‘rilmoqda. Xonadon egalariga uy-joyni zamon talablari darajasida ta’mirlash uchun loyihalar taqdim etildi. Bu ishga imkoniyati yetmaydigan oilalarga viloyat hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, bir qator boshqarma va idoralar, tadbirkorlar homiylik yordami ko‘rsatadigan bo‘ldi. Qishloq hududidan o‘tuvchi soy bo‘yida qurilgan o‘ttizga yaqin noqonuniy qurilishlar boshqa joyga ko‘chiriladi.

    Uy-joyi bo‘lmagan o‘ndan ortiq oila uchun zamonaviy uy-joy qurib beriladi. Shuningdek, 200 dan ortiq oilaga gaz plitasi va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlari sovg‘a qilinadi.

    Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ikkita artezian qudug‘i qazilib, suv minoralari o‘rnatiladi. Mavjud suv tarmoqlari ta’mirlanib, 500 metr masofaga yangi quvur tashlash rejalashtirilgan. Qishloq aholisining tarqoq joylashgani va elektr tarmoqlari pala-partish tortilgani tufayli bu borada ham zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Eski, yaroqsiz simyog‘ochlar yangisiga almashtiriladi va yangi tarmoqlar tortiladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1000 ga yaqin simyog‘och o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. 15 ta zamonaviy, kichik transformator qo‘yiladi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda qishloq fuqarolar yig‘inidagi 4 ming 500 dan ortiq xonadonning 2 ming 400 tasi gaz balloni bilan ta’minlangan va belgilangan muddatlarda suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Hududda amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy loyiha doirasida barcha xonadonlar gaz ballonlari bilan ta’minlanadi. Gaz ballonlarini o‘z vaqtida to‘ldirib kelish uchun Jom qishlog‘i uchun alohida transport vositasi ham ajratildi.

    – Bir hafta davomida qishloq fuqarolar yig‘inidagi 2 ming 700 dan ortiq xonadonga kirib, aholi bilan suhbatlashdik, – deydi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand viloyati kengashi raisining birinchi o‘rinbosari M.Boboyorov. – Ushbu muloqotlar davomida 2000 dan ortiq muammo qayd etilib, ularning 430 tasi tegishli sohalar mutasaddilari tomonidan joyida hal etildi. Boshqa masalalarning har biri yuzasidan ham aniq vazifalar, mas’ullar belgilanib, muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, 30 nafar keksa, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ehtiyojmand oilalar vakillarining fuqarolik pasporti almashtirildi. Olti mahallaning har biridan 10 kishidan, jami 60 nafar ishsiz fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.

    Loyihani amalga oshirish davomida hududdagi aholining barcha qatlami malakali mutaxassislar jalb etilgan holda, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shu maqsadda ayni paytda viloyatdagi yetakchi tibbiyot markazlarining 30 dan ortiq malakali mutaxassislari jalb etilib, Jom qishloq oilaviy poliklinikasida ushbu jarayon boshlangan.

    – Bizda bahor Jomning qir-adirlari yam-yashil libosga burkanishi bilan boshlanadi, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi Nurobod tumani bo‘limi raisi A.Sharipov. – Ayni chog‘da keng dalalarda bahor nafasi ufurmoqda. Lekin bu yilgi ko‘klam jomliklar qalbidagi iliqlik, nafaqat ertangi, balki bugungi kuniga ishonch bilan boshlandi. Qishloqdagi ulkan bunyodkorlik ishlari xalqimiz kayfiyatini ko‘tarib yubordi. Bugun tun-u kun qishloqda hayot qaynamoqda. Transport vositalari tugul, odamlar yayov yurishga qiynaladigan ko‘chalarda qudratli texnikalar ishlayapti. Olis qir bag‘ridagi uyda ham zamonaviy turmush sharoiti yaratilmoqda, chiroq porlab turibdi. Yo‘llardan obodlik boshlanib, xonadonlarga kirayotir. Bugun katta-yu kichik hasharga otlangan. O‘z xonadoni, qishlog‘i ko‘rkamligi uchun harakat qilyapti. Odamlarni harakatga chorlagan, xalqimizni uyg‘otgan tashabbusdan barchamiz xursandmiz.

    28.02.2018, 08:53   Izoh (0)   18118
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘rtachirchiqda yuz bergan yong‘inda 32 yoshli ayol va uning ikki farzandi halok bo‘ldi

    28.02.2018, 08:50

    Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi xalqaro yuristlar komissiyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

    27.02.2018, 23:08

    Xorijiy OAV vakillari uchun iyun oyida Orol dengiziga mediatur uyushtiriladi

    27.02.2018, 22:54

    Navoiy hokimi yoshlarning innovatsion loyihalari uchun 65 mln so‘m ajratdi

    27.02.2018, 22:43

    “Asaka” banki boshqaruvi raisi hukumat majlisida ogohlantirildi

    27.02.2018, 21:31

    UTair aviakompaniyasi O‘zbekistondagi vakolatxonasini yopishni rejalashtirmoqda

    27.02.2018, 20:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35

    Yetakchi davlatlar Isroilni G‘azoga yordam yetkazishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga chaqirdi

    Dunyo | 21 iyul, 22:00

    Makronning reytingi rekord darajada pastladi

    Dunyo | 21 iyul, 21:41

    Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash byurosi rahbarlaridan biri qo‘lga olindi

    Dunyo | 21 iyul, 21:25

    Tadqiqot: O‘zbekistonda 97% aholi raqamli ko‘nikmalarni muvaffaqiyat kaliti deb hisoblaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 19:00

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    Dunyo | 21 iyul, 21:06

    Janubiy Koreya generali Shimoliy Koreya bilan ataylab urush yuzaga keltirishga urinishda ayblanmoqda

    Dunyo | 21 iyul, 20:50

    Bangladeshda o‘quv samolyoti qulab tushishi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 21 iyul, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.