Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazida Xalqaro yuristlar komissiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Uchrashuvda sud hokimiyatining mustaqilligiga oid xalqaro andozalar, sudyalarni tanlash va tayinlashga mas’ul organlar faoliyatini tashkil qilish, sudyalar faoliyatini baholash, ularning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorligi va faoliyatiga doir ilg‘or xorijiy tajriba yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, hamkorlik aloqalarining huquqiy asosini mustahkamlash maqsadida tadqiqot markazi bilan xalqaro yuristlar komissiya o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum tomonlarning o‘zaro manfaatli masasalar bo‘yicha hamkorlik qilishga doir umumiy maqsad va intilishlarini belgilab beradigan hujjat bo‘ldi.
Memorandum ijrosi doirasida Yevroittifoqning “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni targ‘ib qilish bo‘yicha fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” loyihasi ham muhokama qilindi. Tomonlar mazkur loyihani ijobiy baholab, uning ijrosiga tayyorligini ta’kidladi.
Izoh (0)