26-fevral kuni Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumani, Yo‘lbarisov mahallasi, Chorvachi ko‘chasida yashagan, 1985-yilda tug‘ilgan D. Imomqulovaning uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirildi. Ofat oqibatida uy tomi, shifti va uy jihozlari zarar ko‘rgan.
Yong‘inni o‘chirish vaqtida D.Imomqulova va uning voyaga yetmagan 2 nafar farzandi jasadi topildi.
Izoh (0)