UTair aviakompaniyasi O‘zbekistondagi vakolatxonasini yopishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Spot.
Kompaniyaning kuzatuv kengashi bu borada joriy yilning 2-mart sanasida yig‘ilish o‘tkazadi.
Mazkur aviatashuvchi O‘zbekistondagi vakolatxonasini 2012-yilda ochgan edi. UTair Moskvadan Toshkent va Buxoroga parvozlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
UTair aviakompaniyasi samolyot va vertolyotlar bilan ishlaydigan, shuningdek, samolyotlarni ta’mirlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish kompaniyalarini, xodimlarni o‘qitish, parvozlar va aviakompaniyalarni sotish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan UTair Group kompaniyasiga tegishli hisoblanadi. 2018-yilda aviakompaniya yo‘lovchilarni tashish hajmini 12 foizga oshirib, 8,2 million kishiga yetkazish niyatida.
Izoh (0)