Chexiyadagi gripp epidemiyasi uch hafta davomida 50 kishining o‘limiga olib keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Grippni, yoshi katta kishilar boshqalarga qaraganda og‘irroq boshdan kechiradi, shuning uchun halok bo‘lgan 50 kishidan 43 nafarini 60 yoshdan katta kishilar tashkil etadi. Qolganlar 25 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lganlar”, — deyiladi Davlat tibbiyot instituti xabarida.
Ushbu davrda og‘ir ahvoldagi va grippdan keyingi asoratlar bilan 199 kishi respublika shifoxonalariga joylashtirilgan. Chexiyada grippga chalinganlarning umumiy soni har 100 ming fuqaroga 1,95 ming kishini tashkil etmoqda.
Izoh (0)