Eksportchilar eksport qilinayotgan mahalliy mahsulotlarga QR-kodlarni tushirishi shart bo‘ladi. Bu Prezidentning “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi Spot.
Xususan, mahalliy mahsulotlar eksportchilari tomonidan o‘ramlarda, texnik pasportlarda, eksport qilinuvchi mahsulotlarni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarda “Uzbekistan.travel” portalini ko‘rsatgan holda Welcome to Uzbekistan savdo belgisidan, shuningdek, tegishli QR-koddan majburiy foydalanishni joriy etish kerakligi belgilangan.
Majburiyatni mart oyidayoq joriy qilish rejalashtirilmoqda. Mas’ul etib “O‘zstandart” agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK belgilandi.
Izoh (0)