Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti qoshida Turizm sohasidagi innovatsiyalar markazi ochiladi. Bu Prezidentning “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi Spot.
Iyun oyigacha markazni tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi.
Mas’ul etib Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Savdo-sanoat palatasi va Yoshlar ittifoqi belgilandi.
Izoh (0)