O‘zbekiston yoshlar ittifoqining xalqaro yoshlar oromgohini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.
Qarorda ta’kidlanishicha, Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida xalqaro yoshlar oromgohi tashkil etiladi.
Oromgohni saqlash, joriy va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Mavsumdan tashqari vaqtda oromgohda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari ishtirokida turli tadbirlar, festivallar, anjumanlar, seminarlar va boshqa mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Izoh (0)