O‘zbekiston Prezidentining respublikada urug‘lik kartoshka yetishtirishni yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.
Qarorga asosan manfaatdor tashkilotlarning Kartoshka yetishtiruvchilar assotsiatsiyasini tuzish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
Assotsiatsiyaning asosiy vazifalaridan biri respublikada xorijiy texnologiya asosida mahalliy kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish, hosildorligi yuqori kartoshka ko‘chatlari yetishtirish hisoblanadi.
Tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, Qo‘rg‘ontepa, Kitob, Shahrisabz, Yangiqo‘rg‘on, Bulung‘ur, Zomin, Baxmal va Bo‘stonliq urug‘lik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirilgan tumanlar etib belgilandi.
Izoh (0)