Yagona xalqaro protsessing markazida Visa International’ning global tarmoq operatsiyalari bo‘yicha vitse-prezidenti Vins Pribbl bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Spot.
“Bugungi uchrashuv — GlobUz va Visa xalqaro to‘lov tizimi o‘rtasida aloqalar o‘rnatish uchun qo‘yilgan birinchi qadam. Ikki tizimning hamkorligi GlobUz terminal tarmoqlarida Visa kartalari bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi. Biz shuningdek, GlobUz kartalari ham Visa tarmoqlarida qabul qilinishi ustida qattiq ishlayapmiz”, — dedi Yagona xalqaro protsessing markazi direktori Shuhrat Qurbonov.
Tomonlar GlobUz va Visa to‘lov tizimlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Xususan, Visa’ning GlobUz texnologik platformasi bazasidagi texnologiyalari va innovatsion yechimlarini joriy qilish, shuningdek, chet elda GlobUz bank kartalaridan xorijiy valyutada operatsiyalar o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)